O‘zbekiston | 00:48 / 02.08.2018
6162
1 daqiqa o‘qiladi

E-VISA statistikasi bo‘yicha Xitoy, AQSh va Britaniya yetakchilik qilmoqda

2018 yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kirish elektron vizalarini so‘rab murojaat qilgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari soni 2784 nafarni tashkil qildi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bu haqida KUN.UZ'ga xabar berdi. 

E-VISA.GOV.UZ saytiga murojaat qilgan xorij fuqarolarining 2297 nafari shu kunga qadar vizani qo‘lga kiritgan, 487 murojaat esa ko‘rib chiqilmoqda. Murojaatlarni bekor qilish holatlari qayd qilinmagan. 

Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha 41 mamlakat ichida Xitoy (533), AQSh (361) va Buyuk Britaniya (335) yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining chet el fuqarolariga berilgan elektron vizalarning holati to‘g‘risida ma'lumot

Shuningdek, statistikaga ko‘ra, Hindiston (264), Fransiya (184), Germaniya (138), Avstraliya (129), Polsha (116),  Ispaniya (101), Italiya (100) kabi mamlakatlardan kelayotgan murojaatlar ham talaygina.

Mavzuga oid