Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HeadHunter: «Bizning so‘rovda qatnashgan o‘zbekistonliklar qarzga ta'tilga ketishi ma'lum bo‘ldi»
HeadHunter uch mamlakat: Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi ishchilar orasida so‘rov o‘tkazdi. Maqsad - shu yozda ta'tilga chiqish imkoniyatidan foydalanish darajasini bilish.
So‘rov HeadHunter kompaniyasi tadqiqot xizmati tomonidan 1 iyun - 31 iyul kunlari davomida hh.kz, hh.uz va headhunter.kg saytlariga tashrif buyurgan 862 nafar foydalanuvchi orasida o‘tkazildi, deb yozmoqda Spot.
Ishtirokchilarning aksariyati xodimlari soni 20 - 50 kishi atrofida bo‘lgan korxonalarda ishlaydi.
«Siz ushbu yozda ta'tilga chiqishni rejalashtiryapsizmi?» degan savolga qozog‘istonliklarning 60,7% va o‘zbekistonliklarning 56,2% ijobiy javob qaytargan bo‘lsa, qirg‘izistonliklarning 85,7% «yo‘q» deb javob bergan.
So‘ralganlarning yarmidan ko‘pi oilasi bilan dam olishni rejalashtirmoqda. Ta'tilni o‘z hamkasblari bilan yoki yolg‘iz o‘zi o‘tkazishni mo‘ljallayotgan respondentlar ham bor.
Agar o‘zbekistonlik respondentlarning 50 foizida hech qanday reja bo‘lmasa, qozog‘istonliklarning 35,9% va qirg‘izistonliklarning 20% chet elga borish niyatida.
Qozog‘istonlik respondentlarining 28,7 foizi yetarli mablag‘ga ega ekanini bildirgan bo‘lsa, 21,8 foizi kredit yoki qarz olishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistondagi vaziyat quyidagicha: 50% kredit yoki qarz olishni rejalashtirmoqda; 14,2 foizi o‘zida yetarli mablag‘ borligini bildirgan.
Qirg‘izistonlik respondentlarining 46,10 foizi ta'til pullari yetishini aytgan, ammo 38,4 foizi kredit yoki qarz olishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonlik respondentlar va qirg‘izistonliklarning 64,2 foizi 500 AQSh dollarigacha sarflashni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
16:13 / 31.03.2025
Samarqanddagi sammit sabab ba’zi talabalarga qisqa muddatli ta’til beriladi
19:43 / 17.03.2025
Maktablarda bahorgi ta’til 21 martdan boshlanadi
22:05 / 20.02.2025
Amerikaliklarning 55 foizi Mask qaror qabul qilinishida haddan ortiq ta’sirga ega deb hisoblamoqda
18:10 / 10.01.2025