O‘zbekiston | 15:19 / 02.08.2018
21846
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 29 abituriyent test sinovidan chetlatildi

Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tayotgan oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida 29 kishi chetlashtirilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar qilmoqda. Unda aytilishicha, test sinovlari adolatli va shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida Samarqand viloyat IIB jiddiy nazorat-tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Foto: Samarqand viloyat IIB

Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari sa'y-harakatlari bilan 2018 yil 1 va 2 avgust kunlari Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasida joylashgan “Samarqand sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi” binosida o‘tkazilgan Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test sinovlari topshirish davomida 19 nafar abituriyent ichki tartibni buzgan. 

Foto: Samarqand viloyat IIB
Foto: Samarqand viloyat IIB

10 nafar shaxs boshqa abituriyent o‘rniga kirganligi aniqlangan. Huquqbuzarliklar aniqlangan va ular test sinovlaridan chetlashtirilgan.  

Samarqand viloyati IIB abituriyentlarga murojaat qilib, Davlat test markazi tomonidan o‘rnatilgan tartiblarga qat'iy rioya qilishni so‘ragan holda, test sinovlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Mavzuga oid