Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «raqamli bank» atamasi paydo bo‘ldi
Markaziy bank birinchi marotaba «raqamli bank» atamasini qonunchilikka kiritdi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvining qarorida aytiladi, u banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibiga o‘zgartishlar kiritdi.
Hujjat bilan yangi atama kiritilmoqda - «raqamli bank» — innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda (kassa xizmatlarini ko‘rsatmasdan) bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatuvchi bank yoki uning tarkibiy bo‘linmasi.
Qayd etilishicha, raqamli banklar tomonidan bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatish bankning ichki tartib qoidalariga asosan qonun hujjatlarini talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
«Raqamli bank» atamasi O‘zbekiston normativ bazasida ilk bor prezidentning yanvar oyidagi «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida paydo bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi
20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi
12:24 / 24.04.2025