Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dollardagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari fevral oyidan beri birinchi marta o‘sdi
AQSh dollaridagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari fevral oyidan beri birinchi marta oshdi. Bundan Markaziy bank ma'lumotlari darak beryapti.
1 yilga qadar muddatli barcha omonatlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi iyun oyida 3,7%ni tashkil etdi (may oyida 3,6% va aprel oyida 3%). 1 yildan ortiq - 4,2% (avvalgi ikki oy 4% bo‘ldi).
Jismoniy shaxslar uchun stavka 3,8%gacha oshdi (may oyida 3,7%, aprelda 3% edi). Bu yerda 90 - 180 kunlik muddatga omonatni ochish eng foydali bo‘ladi - 4,3% (may oyida 3,8%).
Yuridik shaxslar uchun stavka 4,7%ga yetdi (may oyida 3,7%, aprel oyida 3,8%). Bu yerda 180 - 365 kunlik muddatga omonat ochish eng foydali bo‘ladi - stavka 5,1% (may oyida 3,4%).
Shunga mos ravishda, so‘mda omonatlar bo‘yicha o‘rtacha stavka tushib ketdi - jismoniy shaxslar uchun 15,3% va yuridik shaxslar uchun 11,4%. Taqqoslash uchun, may oyida stavkalar mos ravishda 15,5% va 13,1%ni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston valyuta birjasida dollar va yevro haftani pasayish bilan yakunlayotgani xabar qilingdandi.
Mavzuga oid
10:48 / 13.12.2024
YeMB uchta asosiy foiz stavkasini yana pasaytirdi
12:40 / 18.10.2024
YeMB barcha uchta asosiy foiz stavkasini pasaytirdi
12:00 / 19.09.2024
AQSh FZT 2020 yildan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
15:51 / 14.09.2024