O‘zbekiston | 16:50 / 03.08.2018
51775
2 daqiqa o‘qiladi

Marg‘ilon shahrining sobiq prokurori Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar bo‘ldi. Bu uning 1,5 yil ichidagi beshinchi lavozimi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi Farmoniga asosan Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Akmalxo‘ja Mavlonov 1975 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Adliya katta maslahatchisi  Mavlonov prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori (2017 yil martigacha), Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari (2017 yil), Xorazm viloyati prokurori (2017 yil 8 oktabridan 2018 yil 25 fevraligacha) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yilning fevral oyidan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Foto: Marg‘ilon shahri prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov, 2017 yil fevrali / Kun.uz

Endilikda bosh prokuror Otabek Murodovning birinchi o‘rinbosari Erkaboy Aminovich Tojiyevdan tashqari, yana 5 o‘rinbosari bor. 

Bular Salom Ismatovich Samadov, G‘ayrat Botirovich Xidoyatov, Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov, Erkin To‘rayevich Yuldashev va Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov.

Mavzuga oid