Soxta abituriyent: “7ta tekshiruvdan o‘tgandim”
Imtihonlarning birinchi kunidanoq, “uddaburon” abituriyentlarning ayrim xatti-harakatlari huquq-tartibot idoralari xodimlarining e'tiborini tortdi.
179 nafar abituriyent test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan hududga telefon va shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun, 76 nafari esa bino ichida shpargalkadan foydalangani tufayli test sinovlaridan chetlashtirildi. Xullas, bir kunda 255 nafar yigit-qiz o‘zlarining qing‘ir ishlari oqibatida shu yil talaba bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi.
Abituriyentlarning imtihon jarayonida foydalanmoqchi bo‘lgan qurilmalari bu yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” ekanligini yana bir bor yodimizga solib qo‘ydi. Zamonaviy quloqchinlardan foydalanmoqchi bo‘lgan abituriyentlar kuzatuv kameralari orqali aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining ma'lumotiga ko‘ra, tekshiruv o‘tkazish mobaynida pasport soxtalashtirgan shaxslar ham aniqlangan. 24 yoshli J.F. bir emas, 3ta oliygohga qalbaki hujjat topshirib, pul ishlab olishni niyat qilgandi.
“Asl pasport egasining yuziga moslab, dazmoldan foydalangan holda o‘z suratimni joylashtirdim. Bu hujjatlar imtihonga qadar tayyorlab qo‘yilgandi. Nazorat kuchli bo‘lishiga qaramay, yettita tekshiruvdan o‘ta oldim. Har tomonni o‘ylash zarur edi. Mabodo qo‘lga tushib qolsam menga tegishli bo‘lgan buyumlar musodara bo‘lib ketmasligi uchun, hammasini bozorga olib chiqib, sotib yubordim”, deydi noqonuniy xatti-harakatlar bilan qo‘lga tushgan soxta abituriyent.
Ma'lumot uchun, soxta abituriyent avval ham firibgarlik qilgani uchun 2 marotaba sudlangan.
U 15 million evaziga fuqaro U.U.ni o‘qishga kiritib qo‘yishga va'da bergandi. Soxta abituriyent S.F. va uning sheriklariga Jinoyat kodeksining 228 moddasi 2 qism “b” bandi va 3 qismi, 211 moddasining 1 qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
14:24 / 06.11.2024
“Nega ustimizdan kulishyapti?” – fizika o‘qituvchilari attestatsiya imtihonidan norozi
16:48 / 04.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun imtihonlarning yagona narxlari belgilanadi
18:21 / 13.08.2024