Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIO reabilitatsiya markazlaridan kimlar internat uylariga o‘tkaziladi?
Vazirlar Mahkamasining 23.08.2011 yildagi 240-son qaroriga ichki ishlar organlarining reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylariga joylashtirish tartibini belgilovchi qo‘shimchalar kiritildi, deb yozadi Norma.
Biroq ularning barchasi emas, faqat ikkita asosiy mezonga javob beradigan: tegishli internat uyiga qabul qilinishi lozim bo‘lgan fuqarolar toifasiga kiradigan, shuningdek u yerga yo‘llanishiga qarshi umumiy va maxsus tibbiy ko‘rsatmalar berilmagan shaxslar o‘tkaziladi.

Reabilitatsiya markazlaridan yuboriladiganlar jadvalda qayd etilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, uning yakunlari asosida yozma xulosa rasmiylashtiriladi.
Vasiylikka olingan shaxsni internat uyiga joylashtirish uchun reabilitatsiya markazi tegishli hujjatlar paketini jamlab, taqdim etadi.

IIOning reabilitatsiya markazida internat uyiga joylashtirilayotgan har bir shaxs uchun 2 nusxada shaxsiy yig‘majild yuritiladi, unga yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar tikib qo‘yiladi. Shaxsiy yig‘majildning bir nusxasi tegishli internat uyining direktoriga beriladi.
Hujjat 1.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
09:20 / 06.05.2025
IIO tarkibida Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti tashkil etiladi
13:50 / 01.02.2025
O‘zbekistonda Koreya tajribasi asosida reabilitatsiya xizmatlari joriy etiladi
20:32 / 24.10.2024
Zokirjon Almatov faxriy unvon bilan taqdirlandi
11:24 / 22.08.2024