Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadadagi kungaboqar fermasi Instagramda mashhur bo‘lganidan so‘ng uning egalari politsiya chaqirishlariga to‘g‘ri keldi
Kanadaning Gamilton shahri yaqinidagi Bogle Seeds fermasi iyul oxirlarida Instagram foydalanuvchilari orasida tanilib ketdi. Gap shundaki, bu yerda 1,5 million tup kungaboqar yetishtiriladi va odamlar kungaboqarlar oldida suratga tushish uchun ommaviy ravishda kela boshlashdi.
Avvaliga ferma egasi bo‘lgan Bogellar oilasi bundan xursand bo‘lishdi. Dala hamma uchun ochiq bo‘lib, har bir tashrif buyuruvchidan 7,5 dollardan pul ola boshlashdi.
Ular qancha pul ishlashgani ma'lum emas, ammmo 28 iyul kuni hammasi o‘zgarib ketdi. Olingan suratlar shu darajada ommalashib ketdiki, dalada suratga tushish uchun 7 mingta mashinadan iborat tirbandlik yuzaga keldi.
Odamlar har tomondan dalaga yopirilib kira boshlaganidan keyin fermerlar politsiya chaqirishdi.
Nihoyat Gamilton politsiyasi tirbandlikni bartaraf etdi va fermerlardan kungaboqar dalalari atrofini yopishni so‘rashdi.
Bir necha kundan so‘ng vaziyat barqarorlashdi, ammo Bogellar dalaga olib boradigan yo‘llarni qo‘riqlashga majbur bo‘lishdi. Ayrimlar burchak-burchaklardan dalaga kirishib, kungaboqarlar ichida selfiga tushishmoqda.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025