Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Starbucks qahvaxonalarida mijozlar kriptovalyutalarda hisob-kitob qilishlariga ruxsat beriladi
Starbucks kompaniyasi tez orada mijozlariga hisob-kitob qilishda kriptovalyutalardan foydalanish imkonini beradi.
Kompaniya bu loyihada unga Microsoft korporatsiyasi va Intercontinental Exchange kompaniyasi hamkorlik qilishini bildirdi. Ular kriptovalyutalarni saqlash hamda almashtirishga mo‘ljallangan Bakkt platformasini yaratishadi.
Starbucks o‘z qahvaxonalarida kriptovalyutalarni to‘lov vositasi sifatida o‘zi qabul qilmoqchi emas. Vositachi sifatida Bakkt qo‘llaniladi. U kriptovalyutalarni dollarga avtomatik ravishda almashtiradi.
Ishlab chiqaruvchilar platformani shu yilning noyabrida ishga tushirishni mo‘ljallamoqda. Starbucks hozircha Bakkt’ga qachon ulanishini ma'lum qilmadi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
20:26 / 15.05.2025
Kriptofiribgarlar Telegram orqali 27 mlrd dollar pul yuvgani ma’lum bo‘ldi
20:40 / 30.04.2025
AQShda Starbucksʼning 3D-printerda bosilgan birinchi qahvaxonasi ochildi
17:12 / 14.03.2025