Jahon | 08:50 / 05.08.2018
27939
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuela prezidentiga suiqasd uyushtirildi

Foto: REUTERS

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga uyushtirilgan suiqasdda yetti kishi jarohatlandi, prezidentning o‘ziga ziyon yetmadi. Bu haqda aloqa vaziri Xorxe Rodrigesga tayanib Union Radio radiostansiyasi xabar berdi.

"Prezident Maduroga suiqasdda jarohat yetmadi, - vazirning so‘zlarini keltiradi radiostansiya sayti.. – Ammo afsuski, yetti nafar xodim jarohatlandi".

Davlat rahbariga suiqasd portlovchi modda o‘rnatilgan uchuvchisiz qurilmalarda amalga oshirilgan. Maduro milliy bolivar gvardiyasi tashkil etilganligining 81 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan marosimda so‘zga chiqqan paytda qurilmalar harakatga keltirilgan. 

Rodriges shuningdek Maduro xalqqa murojaat bilan chiqishini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid