Jahon | 15:50 / 05.08.2018
12514
2 daqiqa o‘qiladi

Jorj Bushni davolagan shifokorning qotili onasi o‘limi uchun qasos olgani ma'lum qilindi

Foto: AP

20 iyul kuni Amerikaning Xyuston shahrida AQShning sobiq prezidenti katta Jorj Bushni davolagan 65 yoshli kardiolog Mark Xausknext o‘ldirildi. U velosipedda ishga ketayotgan vaqtida otib tashlangan.

Avgust boshida politsiya ushbu ishda 30 yillik politsiyachi stajiga ega 62 yoshli Jozef Jyeyms Pappas gumondor sifatida ko‘rilayotganini ma'lum qildi. 1997 yilda uning onasi Xausknext qo‘l ostida davolangan va operatsiya vaqtida vafot etgan.

«Chamasi, bu inson yigirma yil avvalgi voqea uchun qasos olish niyatida», — degan fikrni bildirdi qidiruv e'lon qilgan politsiya.

Jozef Jyeyms Pappas
Foto: EPA

3 avgust kuni politsiyachilar Pappasning iziga tushishdi — uni kimdir Xyustonda ko‘rgani va uning hamyonini topib olganini xabar qildi. Ofitserlardan biri uni quvib yetdi, ammo zirhli nimcha kiygan Pappas qo‘lini ko‘tarishdan bosh tortdi – u revolver tutgan qo‘lini orqasiga yashirib olgani ma'lum bo‘ldi. Voqea joyiga ikkinchi politsiyachi yetib kelganida u o‘zini otib tashladi.

Jozef Jyeyms Pappasning uyidan shifokor Xausknextning ish va yashash joyi haqidagi batafsil ma'lumotlar, kasalxona xodimlari ro‘yxati, o‘q-dorilar hamda uyini dugonasiga meros qilib qoldirgani yozilgan vasiyatnoma topildi. Dugonasining bildirishicha, Pappas tuzalmas kasallikka duchor bo‘lganini va o‘z mulkini unga meros qilib qoldirishini aytgan.

Mavzuga oid