Jahon | 19:50 / 06.08.2018
9262
1 daqiqa o‘qiladi

Bolonyadagi trassada kuchli portlash ro‘y berdi

© REUTERS / Stringer

Italiyaning Bolonya shahri shimoli-sharqidagi estakadada davomli portlashlar ortidan yong‘in chiqdi. Rainews24 telekanali xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, 67 kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlarning 11 nafari politsiyachilar ekani aytilmoqda.

Shifoxonaga yotqizilganlarning 14 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

O‘t o‘chirish xizmati bergan ma'lumotga ko‘ra, benzovoz yo‘l-transport hodisasiga uchrab, portlab ketgan. Portlashdan keyin chiqqan yong‘in estakadada turgan avtomobillarga tarqalgan.

Portlash Bolonya aeroporti faoliyatiga ta'sir ko‘rsatgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid