Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer qimirlashi payti imom ibodatdan chalg‘imadi
Indoneziyada yuz bergan yetti balli zilzila oqibatida 98 kishi halok bo‘ldi, 200dan ortiq kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar agentligi rasmiy vakili Sutolo Nugroxo ma'lumot bergan.
«Halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi Lombok orolida bo‘lgan», deydi rasmiy vakil. Ayrim halok bo‘lganlarning jasadi qo‘shni orol - Balidan ham topilgan.
«Gap 2,7 ming nafar sayyoh haqida ketmoqda», deydi Nugroxo evakuatsiya qilingan shaxslar haqida gapirib.
Shu orada internet tarmoqlarida zilzila boshlangan paytda ham ibodatdan chalg‘imagan imomning videosi tarqaldi. Uning ortida turgan ayrim kishilar joyidan qo‘zg‘algan bo‘lsa-da, boshqalar bo‘sh joylarni to‘ldirishgan.
The Guardian nashriga ko‘ra, imom yer qimirlashi paytida Bali orolida bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025