Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada jurnalistlarga «ov» e'lon qilindi. O‘nlab jurnalistlar suiqasd tufayli qo‘lga olindi
Venesuela Matbuot xodimlari milliy uyushmasining xabar berishicha, 11 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga uyushtirilgan suiqasd tufayli qo‘lga olingan. Bu haqda tashkilotning tvitterdagi sahifasida xabar berildi.
Ta'kidlanishicha, qo‘lga olinganlar orasida Venesuela, Argentina va Ispaniya nashrlari xodimlari bor.
«11 nafar jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimi asossiz ravishda qo‘lga olindi, yana bir nechtasi kaltaklandi yoki tunab ketildi», - deyiladi idora bayonotida.
Shuningdek, qayd etilishicha, uyushma bu kabi xatti-harakatlarni qabul qilmaydi va axborot olish huquqining buzilishi uchun mas'ul bo‘lganlar jazolanishini talab qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksika sobiq prezidenti Maduroga qilingan suiqasdning haqiqiyligini isbotlashni talab qilgandi.
Mavzuga oid
15:30 / 01.06.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025