Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Eymsberidagi hodisa bo‘yicha qo‘shimcha tadqiqotlar uchun KQTT ekspertlarini taklif qildi
Buyuk Britaniya Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot (KQTT) ekspertlarini Eymsberidagi zaharlanish voqeasi bo‘yicha qo‘shimcha namunalar to‘plash uchun taklif qildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytiladi.
«Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilotning mustaqil texnik ekspertlari Eymsberida Buyuk Britaniyaning bir fuqarosi o‘limiga va boshqa birining jiddiy kasallanishiga sabab bo‘lgan asab-falajlovchi modda bo‘yicha ishni davom ettirish uchun mamlakatga qaytishga taklif qilindi», - deyiladi Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Buyuk Britaniyaning Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilotdagi doimiy vakili o‘rinbosari tashkilot bosh direktoriga murojaat qilib, ishda yordam berishni taklif etdi. Bu Kimyoviy qurol to‘g‘risidagi Konventsiyaning VIII 38 (e) moddasiga muvofiq amalga oshirildi.
Ta'kidlanishicha, tashrif davomida Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot ekspertlari tashkilot tomonidan tasdiqlangan nufuzli xalqaro laboratoriyalarda tahlil qilish uchun qo‘shimcha namunalarni to‘plashadi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025