Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xodimga birinchi marta intizomiy jazo qo‘llanilmasdan oldin rasmiy tarzda ogohlantirish berish taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida xodimga birinchi marta intizomiy jazo qo‘llanilmasdan oldin rasmiy ravishda ogohlantirish berish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
“O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 181-moddasini quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirish taklif etamiz: “Agar xodim birinchi marta intizomiy jazo qo‘llash mumkin bo‘lgan kichik qoidabuzarlik sodir etsa, unga intizomiy jazo emas, balki ish beruvchining buyrug‘i asosida ogohlantirish beriladi. Qo‘pol qoidabuzarliklar bundan mustasno”, - deyiladi petitsiyada.
Ushbu taklif birinchi marta kichik qoidabuzarlik sodir qilgan xodimlarga intizomiy jazo qo‘llamasdan, ularga ogohlantirish berish yo‘li bilan tuzatish, xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taklif qilinmoqda.
“Taklifni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 181-moddasiga o‘zgartish kiritish lozim”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Mavzuga oid
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024