Fan-texnika | 22:07 / 07.08.2018
12281
2 daqiqa o‘qiladi

MTS shaxsni aniqlaydigan sim-karta tarqatuvchi terminalni ishga tushirdi

Foto: Komsomolskaya Pravda

Rossiyaning MTS uyali aloqa operatori Innopolis shahrida o‘zining shaxsni aniqlash texnologiyasiga ega bo‘lgan sim-karta tarqatuvchi ilk terminalini ishga tushirdi. Yil oxiriga qadar o‘nlab shaharlardagi vokzal, aeroport, mehmonxona va savdo markazlari hududlarida 100ga yaqin ana shunday terminallar o‘rnatiladi, deyiladi kompaniya xabarida.

Qurilma shaxsiy va biometrik ma'lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi hamda tashqi va ichki tarmoq hujumlaridan ma'lumotlarni yuqori darajada himoya qiluvchi maxsus dastur bilan jihozlangan.

Terminaldan sim-karta olish uchun foydalanuvchi pasportining uchta sahifasini skanerlashi, ma'lumotlar to‘g‘riligini tasdiqlashi, suratga tushishi (qurilma olingan surat va pasportdagi suratni solishtiradi) lozim. Foydalanuvchi shaxsi aniqlanganidan so‘ng qurilma sim-karta beradi. Bunga atigi bir necha daqiqa vaqt ketadi.

Hozircha terminaldan faqat Rossiya fuqarolari foydalanishi mumkin. Kelgusida xorijlik fuqarolar ham sim-karta olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shu yilning iyunida Tele2 "Vnukovo" aeroportida ana shunday terminal o‘rnatgandi. Kompaniya tez orada "Domodedovo", "Sheremetevo" aeroportlarida hamda Moskva metrosining beshta stansiyasida terminallar o‘rnatilishini ma'lum qildi.

"Vimpelkom" ("Bilayn") hozirda ana shunday qurilmalar o‘rnatish imkoniyatini o‘rganayotganini ma'lum qildi. 

Mavzuga oid