Volkswagen ikki qavatli g‘ildirakli uyni namoyish etdi
Volkswagen kompaniyasi Crafter modeli negizida tayyorlangan Grand California deb nomlanuvchi «ikki qavatli» g‘ildirakli uyni namoyish etdi. Yangilik Dyusseldorfda bo‘lib o‘tgan kemperlar ko‘rgazmasida namoyish etildi – o‘tgan yili xuddi shu yerda bu mashinaning kontseptual nusxasi namoyish etilgandi.
Mashinaning uzunligi olti, g‘ildirak bazasi 3,6 metrga teng. Kabina balandligi 2,2 metr. Deyarli 180 darajaga buriladigan old o‘rindiqlar ortida tushlik qilish uchun stol joylashgan. Uning ortida bir kvadrat metr maydonli yuvinish xonasi bor.
Chiroqlar harakat datchigi yordamida avtomatik ravishda yonadi va o‘chadi. Yuvinish xonasidagi harorat boshqarib turiladi, suv idishining sig‘imi 110 litrni tashkil etadi.
Yanayam orqaroqda ikkita konforkali plita va rakovina joylashgan. Bu yerda turli shkaflar va sig‘imi 70 litrga teng muzlatkich bor. Salonning orqa qismiga katta karavot qo‘yilgan. «Ikkinchi qavat»ga yana ikkita karavot joylashishi mumkin, u holda mashinaning balandligi deyarli uch metrga yetadi.
Kompaniyaning California deb nomlanuvchi yana bir kemperi bor. U ikki kishi yashashi va taom tayyorlab ovqatlanishi uchun barcha sharoitlarga ega.
Mavzuga oid
20:31 / 13.11.2024
Volkswagen Tesla’ning raqobatchisi bilan 5,8 mlrd dollarlik bitim imzoladi
22:16 / 28.10.2024
Volkswagen Germaniyadagi kamida uchta zavodini yopadi
08:30 / 26.09.2024
VW kasaba uyushmasi bilan ish haqi va qisqartirishlar bo‘yicha kelisha olmadi
13:49 / 05.09.2024