Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya qiruvchisi xato tufayli Estoniya uzra raketa uchirdi. Uni haligacha topa olishmadi
Ispaniya Qurolli kuchlarining qiruvchisi, Estoniyada NATO missiyasining tarkibiga kiruvchi Eurofighter Typhoon mamlakat uzra parvoz qilayotgan paytida xato tufayli jangovar raketani uchirib yubordi. Bu haqda Estoniya Mudofaa kuchlari bosh shtabi xabar bergan.
Estoniya hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, 7 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 15.44da qiruvchi Rossiya bilan chegara chizig‘idan taxminan 100 km uzoqlikda joylashgan, harbiy mashqlar uchun mo‘ljallangan hudud - Otepya shahri yaqinida AIM-120 AMRAAM raketasini uchirgan.
Raketada o‘zini-o‘zi yo‘q qilish rejimi faollashtirilgan bo‘lsa-da, harbiylar u ishlamay qolgani va AMRAAM havoda portlab ketmaganligini istisno qilmadi. Ehtimol, u Tartu shahridan 40 km shimolda qulagan bo‘lishi mumkin.
Raketa hozircha topilmagan. Estoniya mudofaa kuchlari surishtiruvni boshladi va uni topib olgan kishilardan unga tegmaslik hamda yaqinlashmaslik so‘raldi.
Mavzuga oid
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
18:05 / 21.05.2025
Madrid yaqinida ukrainalik siyosatchi Andrey Portnov otib ketildi. U Yanukovichning sobiq safdoshi edi
18:13 / 20.05.2025
Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi
13:17 / 19.05.2025