Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni «Metallurg»ga qarshi o‘yin bilan yakunladi
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 3 avgustdan boshlab Osiyo o‘yinlariga so‘nggi tayyorgarlik doirasida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi.
Bugun olimpiyachilar «Metallurg» klubiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazishdi. O‘yin bekobodliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Bellashuvda Ravshan Haydarov yig‘inga jalb qilingan barcha futbolchilar xizmatidan foydalandi.
Ertaga soat 21:00da terma jamoamiz a'zolari Indoneziyaga yo‘l olishadi. Undan avval, soat 11:00da «Miran» mehmonxonasida bosh murabbiy Ravshan Haydarov bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.
Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha musobaqasiga 14 avgust kuni start beriladi.
Terma jamoamizning Osiyo o‘yinlaridagi taqvimi:
14 avgust, 1-tur:
O‘zbekiston – Bangladesh
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 14:00
16 avgust, 2-tur:
Qatar – O‘zbekiston
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00
19 avgust, 3-tur:
Tailand – O‘zbekiston
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00
Mavzuga oid
18:48 / 12.02.2025
O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
20:49 / 02.12.2024
MOQ yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yilganiga izoh berdi
00:41 / 13.08.2024
Tahoe, 200 ming dollar va ikki qavatli kottej - Olimpiada g‘oliblari taqdirlandi
20:29 / 07.10.2023