Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asadning rafiqasi saraton tufayli kasalxonaga yotqizilganidan keyin bayonot berdi
Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma OAVda u xavfli turdagi o‘simta aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng bayonot berdi.
«Men dunyoni qat'iyatlilik, kuch va kurashga o‘rgatgan xalqning vakili bo‘laman. Mening qat'iyligim sizlar o‘tgan yillar davomida ko‘rsatgan qat'iyligingiz va sabr-bardoshingizdan kelib chiqadi», - deyiladi uning bayonotida. Bayonot Suriya yetakchisining kantselyariyasi tvitterdagi sahifasida e'lon qilindi.
Avvalroq, Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asadda ko‘krak bezi saratoni aniqlangani xabar qilingandi.
Ta'kidlanishicha, kasallik erta bosqichda aniqlangan. Shuningdek, prezident vakolatxonasi Asma Asadga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025