Jahon | 21:30 / 09.08.2018
5301
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya muzeyi Iroqdan o‘g‘irlab ketilgan qadimiy buyumlarni Bag‘dodga qaytaradi

Foto: Britaniya muzeyi

Britaniya muzeyi ushbu haftada 2003 yilda Iroqdan o‘g‘irlab ketilgan va keyinroq London politsiyasi tomonidan topilgan yoshi deyarli besh ming yilga teng bo‘lgan qadimiy buyumlar kolleksiyasini Bag‘dodga qaytaradi, deb xabar berdi Guardian gazetasi.

Gazetaning xabar berishicha, aksariyat qadimiy buyumlar 2003 yilda Saddam Husayn taxtdan ag‘darilganidan keyin mamlakatdan olib chiqib ketilgan. London politsiyasi bu buyumlar qaysi davlatga tegishli ekanini uzoq vaqt davomida aniqlay olmagan. 

Muzey ekspertlari sakkizta buyumdagi surat va yozuvlarni o‘rganib chiqishib, uning qaysi davlatdan kelib qolganini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Xabar qilinishicha, muzey juma kuni osori atiqalarni Iroqning Buyuk Britaniyadagi elchsi Solih Husayn Aliga topshiradi, so‘ngra ular Bahdod davlat muzeyiga qaytariladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid