Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya TIV rahbari kimyoviy quroldan foydalanganlik uchun to‘lov to‘lash muqarrarligini eslatdi
Britaniya tashqi siyosat idorasining rahbari Jyeremi Xant Skripallar ishi tufayli AQSh tomonidan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar haqidagi ma'lumotlar fonida kimyoviy quroldan foydalanganlik uchun to‘lov to‘lash muqarrar narsa ekanini ma'lum qildi. Bu haqda vazir tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.
Xant Amerika tomoniga Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyatda Buyuk Britaniya pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaganlik uchun minnatdorchilik bildirdi. Vazirning ta'kidlashicha, kimyoviy va biologik qurol «XXI asrning yangi va dahshatli normasi» bo‘lmasligi kerak.
«...Rossiya kabi davlatlar ulardan foydalanish yoki rag‘batlantirish uchun to‘lov to‘lash muqarrar ekanligini yaxshi bilib olishi kerak», - deb yozadi Xant.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya AQShga «Skripallar ishi» bo‘yicha taklif bilan chiqqani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025