Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvadorda venesuelalik qochoqlar oqimi ko‘paygani sababli favqulodda holat tartibi joriy etildi
Ekvador hukumati venesuelalik qochoqlar oqimi ko‘paygani sababli mamlakatning bir qismida favqulodda holat tartibini joriy etdi, deb xabar berdi mamlakat TIV.
Favqulodda holat tartibi Karchi, Pichincha va El-Oro provinsiyalarida joriy etildi. Tartib hozircha avgust oyi davomida amal qiladi, ammo zaruriyat tug‘ilsa muddat uzaytirilishi mumkin. Chegarada Ekvador migratsion nazorat xodimlari soni oshirildi, shifokorlar, psixologlar, ijtimoiy xodimlar jalb etildi.
Qator xalqaro tashkilotlar Ekvadorga chodirlar, oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena mahsulotlari, suv yetkazib bermoqda, deb xabar berdi TIV.
May oyi boshida xalqaro migratsiya tashkiloti 2015-2017 yillarda Venesueladan muhojirlar soni 10 baravarga ko‘payganini ma'lum qilgandi. Agar 2015 yilda ularning soni 89 ming deb baholangan bo‘lsa, 2017 yilda bu raqam 900 mingni tashkil etgan. Butun dunyo bo‘yicha venesuelalik qochoqlarning soni 700 mingdan 1,5 million kishiga yetgan.
Venesuelada inflyatsiya va mamlakat daromadlarining tushib ketishi oqibatida mahsulotlar taqchilligi yuzaga kelgan.
Mavzuga oid
13:35 / 14.04.2025
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi
21:10 / 29.03.2025
AQSh qo‘shinlari jinoiy to‘dalar tufayli Ekvadorga kiritilishi mumkin
00:18 / 18.03.2025
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
19:47 / 06.03.2025