Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada taxtadan tayyorlangan Qur'on kitobi namoyish etildi
Indoneziyaning Palembang shahridagi «Al-Akbar» muzeyida taxtadan tayyorlangan Qur'on kitobi ko‘rgazmaga qo‘yildi.
Suralar har birining bo‘yi 1,77 metr va eni 1,4 metr bo‘lgan 30ta doskaga o‘yib yozilgan.
Xattot Shofvatilla Moxzaibning «Anadolu» agentligiga aytishicha, u Qur'on oyatlarini taxtaga o‘yib yozish bilan 2001 yildan shug‘ullana boshlagan. Bu ishni yakunlash uchun unga 9 yil kerak bo‘lgan.
«Tajribaga ega bo‘lish uchun avvaliga qog‘ozda mashq qildim, oyatlarni kartonga o‘yib yozdim. Mutaxassislarning ma'qullashlaridan keyin taxtaga o‘yib yozishni boshladim», - dedi u.
Xattotning aytishicha, har bir doskaga sayqal berish uchun o‘rtacha bir oydan vaqt ketgan.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025