O‘zbekiston | 01:12 / 09.08.2018
8825
2 daqiqa o‘qiladi

Norma hujjatlarni chop etish va unga obuna bo‘lish tugatiladi - endi barchasi Lex.uz’da

Foto: Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmonda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2019 yil 1 yanvardan e'tiboran ayrim normativ hujjatlarni chop etish va ularga obunani tugatish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanmoqda:

Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining «O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi», «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari to‘plami» va «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami»ga obuna bo‘lish tugatiladi.;

«O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi», «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari to‘plami», «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami»ni ularni O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasiga (www.lex.uz) o‘tkazgan holda nashr etiladi. Arxivlarda, axborot-resurs markazlarida saqlash uchun, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar talablariga ko‘ra tayyorlanadigan nusxalar bundan mustasno.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid