Jahon | 19:39 / 09.08.2018
5123
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Bransonni ozod qilishga va'da bermadi

Foto: AFP

AQSh davlat departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Jon Sallivan bilan uchrashgan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sedat Onal boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi amerikalik pastor Endryu Bransonni ozod qilish majburiyatini olishni rad etdi, deb xabar berdi Blumberg agentligi amerikalik mansabdorga tayanib.

Chorshanba kuni davlat departamenti Sallivan Sedat Onal bilan amerikalik pastor Endryu Branson taqdirini va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilganligini xabar qildi.

Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, Turkiya tomoni may oyida Nyu-Yorkda 32 oyga qamalgan Mexmet Xakan Atilla direktor o‘rinbosari bo‘lgan Halkbank banki masalasini ko‘targan.

Amerika tomoni Branson ozod etilmaguncha Halkbank masalasi muhokama qilinmasligini bildirgan, deb xabar berdi Blumberg.

O‘z navbatida Wall Street Journal gazetasi o‘z manbasiga tayanib bu hol Donald Tramp ma'muriyati Turkiyaga nisbatan  yangi sanksiyalar joriy etilishiga olib kelishi mumkinligini yozmoqda.

Avvalroq AQSh moliya vazirligi amerikalik pastor Endryu Branson sababli Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gyul va ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluga nisbatan sanksiyalar joriy etilganini e'lon qilgandi. Ular «pastorning hibsga olinishida yetakchi rolni o‘ynashgan» deyiladi AQSh moliya vazirligi bayonotida.  

Branson 2016 yildan buyon hibsda saqlanmoqda, uni hozirda AQShda yashovchi Fathulloh Gulen bilan aloqada bo‘lganlikda ayblashmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid