O‘zbekiston | 09:49 / 10.08.2018
11054
3 daqiqa o‘qiladi

Yarim yil ichida qancha korxona va tashkilot yangi tashkil etilgani ma'lum

Foto: UzA

2018 yilning yanvar-iyul oyida respublikada 33,9 mingtaga yaqin korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,3 mingtaga ko‘pdir, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Shuningdek, faoliyati tugatilgan korxona va tashkilotlarning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,9%ga kamaygan hamda ularning soni 4,0 mingtani tashkil etganligini kuzatish mumkin.

Buning natijasida joriy yilning boshiga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 24,1 mingta (8,4%)ga o‘sgan hamda ularning umumiy soni 309,6 mingtani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy ulushi Toshkent shahrida (21,2%), Toshkent (9,6%), Farg‘ona (9,0%) va Andijon (8,6%) viloyatlarida kuzatilmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soniga nisbatan 22,0% savdoda, 17,2% sanoatda, 8,8% qurilishda, 7,5% qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida, 6,0% yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda, 4,1% tashish va saqlash, 2,2% axborot va aloqa, 2,1% sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va 30,1% boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

2018 yil yanvar-iyul holatiga 33 926ta korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu esa 2017 yilning shu davriga nisbatan qaraganda 22,6%ga ko‘pdir. Eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar Toshkent shahrida (7418 ta), Toshkent (3304 ta), Farg‘ona (2814 ta) va Samarqand viloyatlarida (2760 ta) tashkil etilgan. Eng kam Sirdaryo (930 ta), Navoiy (1316 ta) hamda Xorazm (1338 ta) viloyatlarida tashkil etilgan.

Agar iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ko‘rsak eng ko‘pi savdoda (7045 ta), sanoatda (6561 ta), qurilishda (3871 ta) va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (3630 ta) sohalarida tashkil etilgan. Eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda (750 ta), axborot va aloqada (754 ta) hamda tashish va saqlashda (1160 ta) tashkil etilganligi kuzatilmoqda.

2018 yil 1 avgust holatiga 252,4 ming tijorat shaklidagi korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan xususiy korxonalar – 71,9 mingta, oilaviy korxonalar – 13,9 mingta, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar – 159,4 mingta, va boshqalar 7,4 mingtani tashkil etadi.

Mavzuga oid