Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ichida pullar va zargarlik buyumlari bo‘lgan sumkani o‘g‘irlagan ayollar qo‘lga olindi
28 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi S.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu yil 25 iyul kuni noma'lum shaxslar “Ko‘ktosh Baraka” MChJ buyum bozori hududida u tomondan qarovsiz qoldirilgan ichida 3 000 AQSh dollari va umumiy qiymati 116 mln 348 ming so‘mlik zargarlik buyumlari bo‘lgan sumkasini o‘g‘irlab ketganliklarini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni yashash va ishlash joyini tayini bo‘lmagan ayollar M.A. va Z.B., Surxondaryo viloyatida yashovchi ayollar Yu.X. va D.R. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
16:04 / 26.03.2025