Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyatida DXSh asosida quyosh elektrostansiyasi quriladi
Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt.gacha bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun xususiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha sinov loyihani amalga oshirish uchun yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori 8 avgust kuni qabul qilindi.
Avvalroq xabar berilganidek, Investitsiya bo‘yicha davlat qo‘mitasi, «O‘zbekenergo» AJ va Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) davlat-xususiy sheriklik asosida fotoelektr stansiyalarni loyihalash, moliyalashtirish, qurish hamda foydalanish uchun tanlov asosida xususiy investorlarni qidirish va jalb etish, maslahat xizmatlari to‘g‘risida kelishuvga erishgan edi.
IFC shu kabi loyihalarni amalga oshirish uchun 1 milliard dollarlik investitsiyalarni safarbar etishga ham yordam beradi.
Kelishuv doirasida Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun xususiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha sinov loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
2019 yil mart oyida xalqaro tender e'lon qilinadi, avgustda - investor bilan shartnoma imzolanadi.
2019 yil sentabr oyida IFC bilan 900 MVt.gacha bo‘lgan boshqa obektlarda shartnomani bajarish shartlari, miqdori va muddatlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi
16:51 / 02.04.2025