O‘zbekiston | 15:13 / 10.08.2018
17147
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 1,1 mingta «Kamaz» yuk mashinasiga buyurtma berdi. Ular harbiy qismlarga mo‘ljallangan

Foto: unction.mil.ru

«Kamaz» O‘zbekistonda mamlakat harbiy qismlari uchun yuk avtomobillari ishlab chiqarishni 10 barobar oshiradi. Yuk mashinalariga xizmat ko‘rsatish uchun katta servis markazi kerak, deya xabar bergan Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov Qozon shahrida.

RBK’ning yozishicha, Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan suhbat davomida Toshkent viloyati hokimi bir qator qo‘shma loyihalarni, shu jumladan, o‘tgan yil oxirida O‘zbekistonda ishlab chiqarila boshlangan «Kamaz» yuk texnikasini yetkazib berish yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni muhokama qildi.

«Biz siz bilan Toshkent viloyatida «Kamaz» yuk mashinalariga xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish bo‘yicha rejalarni muhokama qilgandik, chunki barcha harbiy qismlar Toshkent shahri atrofida joylashgan - 42ta harbiy qism», - degan Ibragimov. 

2017 yilning noyabrida «Kamaz» bosh direktori Sergey Kogogin va «O‘zavtosanoat» AJning o‘sha paytdagi boshqaruvi raisi Umidjon Salimov O‘zbekistonda yuk avtotransport vositalari ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Yuk avtotransportini tashkil qilish doirasida, O‘zbekistonda «Kamaz» avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha birinchi 100 to‘plamni yetkazib berish nazarda tutilgan. «Kamaz» va «O‘zavtosanoat» AJ o‘rtasida shartnoma imzolanishi Dmitriy Medvedev boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid