Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona»ning eng asosiy 4 transfer maqsadi ma'lum qilindi
«Barselona» transfer oynasining qolgan kunlari davomida qaysi xaridlar ustida ishlashini aniqlab olgan.
Marca ma'lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar tarkibini kuchaytirish uchun «PSJ»dan Adrian Rabo, «Bavariya»dan Tyago Alkantara, «Ayaks»dan Frenki De Yong hamda «Yuventus»dan Miralem Pyanich jamoaga jalb etilishi mumkin.
Ushbu variantlar ichida Rabo va De Yong transferining amalga oshish ehtimoli yuqori ekani aytilmoqda. Pyanich avvalroq Turin klubidan ketishni istamayotgani haqida aytgan bo‘lsa, Alkantaraning, OAVdagi xabarlarga qaraganda, «Real»ga o‘tishi aniq bo‘lib ulgurgan.
Albatta, «PSJ» ham 23 yoshli xavbekini tarkibda olib qolish uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Parijliklar Raboga yangi shartnoma taklif qilishgan. Shunday bo‘lsa-da, kataloniyaliklar Adrianni ancha vaqtdan buyon kuzatib yurishibdi. Keyingi 3 hafta davomida u «Barsa»ning eng asosiy transfer nishoni bo‘ladi.
Qayd etish joiz, Rabo klubi yangi kelishuvni imzolashdan bosh tortsa, kelasi yil yozda erkin agentga aylanadi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025