Andijon haqida “Welcome to Andijan” videoroligi taqdim etildi
Tomirlari qadim moziyning tiniq buloqlaridan suv simirgan, kundan-kun chiroy ochib go‘zallashib borayotgan Andijonning bugungi kunini deyarli uch daqiqali videolavhaga jo etishning o‘zi qiyin.
Lekin, bir guruh ijodkorlar tomonidan tayyorlangan mo‘'jaz videorolikda uning xalqi, tabiati, an'analari, diqqatga sazovor joylari, san'ati, mehnatkash insonlari, chempionlari, ta'rifi dunyoga ketgan palovi haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lasiz. Unda Zahiriddin Muhammad Bobur qadamjolari, hunarmandchilik an'analari, viloyat markazining kunduzgi va tungi ko‘rinishi o‘zgacha tasvirlarda orqali namoyish etilgan.
Chet ellik sayohatchilar hamda yurtimizdan tashrif buyuruvchi mehmonlar ushbu videorolik orqali hududning o‘ziga xos tomonlarini kashf etishsa ajab emas...
Yorqin sahnalar va turli rakurslarda tasvirga olingan videorolikda andijonliklar barchani - “Welcome to Andijan” - “Andijonga xush kelibsiz” deya mehmonga chorlaydi.
Videoasarning dunyoga kelishi uchun g‘oya muallifi va prodyuser Abror Azizov, rejissyor Abdulaziz Turg‘unov, video ustalari A'zam Botirov va Doniyor Ganjayevlar birgalikda ish olib borishgan. Musiqiy bezaklar esa Nozim Mo‘minovga tegishli.
Ijodiy guruh ayni payt yangi loyihalar ustida izlanmoqda.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
07:40
Ikki tumanda 966 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
22:05 / 23.11.2024
DXX raisining ishdan olinishi, Andijonda Boburga “hujum” va tugagan saylov - hafta dayjesti
22:45 / 19.11.2024
Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
10:40 / 19.11.2024