Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Bavariya" "Ayntraxt" darvozasiga javobsiz 5ta gol urib, Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi

Foto: Bavariya
"Bavariya" Germaniya Superkubogi uchun bahsda "Ayntraxt" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. "Kommertsbank-Arena" stadionida kechgan o‘yin "Bavariya"ning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Jamoa hujumchisi Robert Levandovski het-trik qayd etgan bo‘lsa, Koman hamda Alkantara 1tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
"Bavariya" o‘z tarixida 7-marotaba Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritmoqda. Klub eng yaqin ta'qibchisi "Borussiya Dortmund"dan 2ta sovrin ko‘p qo‘lga kiritgan holda, yetakchilik qilmoqda.
Ayntraxt F – Bavariya 0:5 (0:2, 0:3)
Gollar: 0:1 – 21 Levandovski, 0:2 – 26 Levandovski, 0:3 – 54 Levandovski, 0:4 – 63 Koman, 0:5 – 85 Alkantara.
Ayntraxt F – Rennov, Salsedo, Villems, da Koshta, Abraam, de Guzman (Rebich, 64), Xasebe, Gachinovich, Torro, Fabian (Blum, 64), Aller (Yovich, 76).
Bavariya – Noyyer, Zyule, Alaba, Kimmix, Xummels, Robben (Koman, 58), Alkantara, Martines, Riberi, Myuller (Gorettska, 64), Levandovski (Vagner, 72).
Ogohlantirishlar: Xummels (45), Abraam (70).
Mavzuga oid

07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi

12:21 / 09.04.2025
«Inter» «Bavariya»ni qarshi hujumlarda jazoladi

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

14:17 / 30.01.2025