Mettis AQSh kosmik kuchlari tashkil etilishini qo‘llab-quvvatladi

Foto: Saul Loeb/AFP/Getty Images
AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettisning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar harbiy-havo kuchlarida yangi yo‘nalish - kosmik kuchlar tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Time xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu tashabbusga hech qachon qarshi chiqmagan.
Biroq, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh kosmik kuchlarini tashkil etish bo‘yicha ishlarga shoshma-shosharlik bilan yondashishga qarshidir.
Mettisning ta'kidlashicha, bunday turdagi qo‘shinlarni yaratish haqida tashabbus o‘tgan yildan beri AQSh ma'muriyatida muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon GPS’ga muqobil tizimni ishlab chiqmoqchi ekani xabar qilingandi.
Ta'kidlanishicha, ushbu tizim Amerika qo‘shinlariga GPS to‘sib qo‘yiladigan bo‘lsa, talab etiladi. Hujjatda geojoylashuvning yangi tizimini ishlab chiqish muddati qanday ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid

21:02
Tramp ittifoqchilarga Rossiya g‘alaba qozonishiga ishonchi komilligini aytdi – OAV

18:51
Tramp ijtimoiy tarmoqlardan shahvoniy-dipfeyk tasvirlarni o‘chirishni talab qiluvchi qonunni imzoladi

14:08
Germaniya TIV: AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritadi

13:32