Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar davlat jamg‘armasi hisobiga moliyaviy jihatdan ko‘proq qo‘llab-quvvatlanadi
Prezidentning 7.08.2018 yildagi PF–5504-son Farmoni bilan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini kompensatsiyalash uchun asoslar kengaytirildi, deb yozadi Norma.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Jamg‘arma) tashkil etilgan edi. Ayni paytda Jamg‘arma kichik tadbirkorlik sub'yektlariga bank krediti miqdorining 50 foizigacha, lekin 2 mlrd so‘m hajmidagi kreditlar bo‘yicha kafil bo‘lish hamda kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiyalash shaklida moliyaviy yordam ko‘rsatadi.
Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Birinchidan, foiz xarajatlari kompensatsiyalanadigan kreditlarning eng yuqori summasi 4 mlrd so‘mdan 8 mlrd so‘mgacha oshirildi. Bunda quyidagi shartlar amal qiladi:
• milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida – 5 foiz punkti miqdorida;
• milliy valyutada jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobiga ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalari asosida yosh tadbirkorlar tashabbus bilan chiqqan loyihalarni amalga oshirishga – banklarning xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli stavka miqdorida;
• xorijiy valyutada (ekvivalentda) – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foiz punktidan ortiq bo‘lmagan miqdorda.
Ikkinchidan, tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga kompensatsiyalash uchun qo‘shimcha asoslar kiritildi:
• milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida, ro‘yxatga ko‘ra tumanlarda, shuningdek «Obod qishloq» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan, summasi 8 mlrd so‘mdan oshmaydigan loyihalar uchun – 8 foiz punkti miqdorida;
• xorijiy valyutada, 2017 yil 5 sentabrgacha xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobiga issiqxonalar qurish, intensiv bog‘lar barpo etish va sovutkichlar qurish uchun xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga ajratilgan valyuta kreditlari bo‘yicha – belgilangan foiz stavkasidan 50% miqdorida.
Hujjat 8.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025