Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6-10 sentabr kunlari Shahrisabzda Xalqaro Maqom san'ati forumi o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 apreldagi qarori bilan joriy yilning 6 sentabridan 10 sentabriga qadar Shahrisabzda birinchi marta Xalqaro Maqom san'ati forumi o‘tkaziladi.
Tadbirda taniqli xorijiy musiqashunos-olimlar va maqom san'ati tadqiqotchilari, shuningdek O‘zbekistonning mashhur xonandalari va shu soha yetakchi mutaxassislarining ishtiroki kutilmoqda. Forum kunlari Shahrisabzga dunyoning 70 mamlakatidan 500 nafarga yaqin ishtirokchi va mehmonlar tashrif buyurishadi. Tadbirni munosib o‘tkazish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkiliy ishlar va xorijlik mehmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tayyorlashda faol ishtirok etmoqda.
Xalqaro Maqom san'ati forumiga tayyorgarlik doirasida shaharning turistik infratuzilmasini tayyorlash, forum ishtirokchilari va mehmonlari uchun xalqaro standartlar darajasida sifatli xizmat ko‘rsatishni ta'minlash bo‘yicha maqsadli ishlar olib borilmoqda.
Forum ishtirokchilariga qulaylik yaratish maqsadida Shahrisabzning tarixiy markazida "Ma'lumotlar markazlari" faoliyati tashkil qilindi. Ishtirokchi va mehmonlar nafaqat forum haqidagi, balki sayyohlik punktlari, mehmonxonalar, restoranlar va boshqa ko‘ngilochar majmualar haqida ma'lumot olishlari mumkin.
Asosiy tadbirdan tashqari, mehmonlar va ishtirokchilar vaqtini chog‘ o‘tkazishni ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi tomonidan milliy taomlarni tayyorlashga doir mahorat darslari o‘tkaziladi. "Chorsu" san'at galereyasida milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi aerostatlarda parvozlarni amalga oshiradi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
13:10 / 05.05.2025
Samarqand BMTning Davlat xizmatlari forumini qabul qiladi
09:10 / 24.04.2025
Toshkentda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi birinchi forumi o‘tkaziladi
16:04 / 26.03.2025