Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning soliq solinadigan bazasi alohida xarajatlari bo‘yicha kamaytiriladi
Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari bo‘yicha kamaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berishicha, nizomga muvofiq soliq solinadigan baza quyidagi summalarga kamaytirilishi joriy etildi:
100 million so‘mgacha – xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning 2020 yilning 1 yanvariga qadar zamonaviy sanitariya-gigiyena tarmoqlarini qayta tiklash, kapital ta'mirlash va qurishga yo‘naltirilgan xarajatlari (bir martalik yoki qismlarga bo‘lingan holda;
12 million so‘mgacha – har yili 2025 yilning 1 yanvariga qadar (har yili) xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning sanitariya-gigiyena tarmoqlarini, turizm infratuzilmasi obektlarini saqlashga yo‘naltirilgan xarajatlari.
Shuningdek, 100 million so‘mgacha imtiyozga ega bo‘lish uchun soliq to‘lovchi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining xulosasini olishi lozim.
2020 yil 1 fevralgacha Markazning xulosasi olinmagan taqdirda, soliq to‘lovchining ushbu obektning tegishli qismiga nisbatan soliq solinadigan bazasini kamaytirishga bo‘lgan imtiyoz bekor qilinadi.
Mavzuga oid
21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?
10:06 / 02.07.2021
130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi
11:27 / 27.06.2021
Soyadagi iqtisodiyot: Odamlar nega soliqdan qochish va yashirin daromad olishga intilishadi?
15:37 / 18.06.2021