Jamiyat | 14:28 / 14.08.2018
25671
2 daqiqa o‘qiladi

​Oliy sud xorazmlik imom ishini noma'lum muddatga kechga surdi

Foto: Oliy sud

14 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud binosida xorazmlik Hikmatilla qori Yusupov ishi bo‘yicha mahkama noma'lum muddatga qadar kechga surildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, bir kun avval Oliy sud vakili Yusupovning turmush o‘rtog‘ini telefon aloqasi orqali ogohlantirib, sud mahkamasi 14 avgust kuni soat 11:00da bo‘lib o‘tishi belgilangani haqida ma'lumot bergan. Ammo, belgilangan vaqtda sud ishi ko‘rib chiqilmadi. 

Kun.uz'ga ma'lum bo‘lishicha, «ma'ruzachi sudya Mo‘minov xizmat safariga ketgan»i sababidan sud ishi noma'lum muddatga qoldirildi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi imom Hikmatulla Yusupov ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga protest keltirib, mahkumning turmush o‘rtog‘i M.Rahmatullayevaning murojaatini qanoatlantirgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid