Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2 kun ichida: ona qiziga pichoq bilan jarohat yetkazdi, kelin qaynonasiga pichoq urdi, ota pichoq bilan o‘g‘lini o‘ldirdi
Namangan viloyatida uchta pichoqbozlik holati yuz berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 13 avgust kuni Namangan shahrida yashovchi Sh.V. uyda, oilaviy janjal paytida qaynonasi M.Yu.ga pichoq bilan zarba bergan.
Natijada M.Yu. kasalxonaga yotqizilgan, Sh.V. esa qo‘lga olingan.
Ikkinchi voqea shu yilning 14 avgustida yana Namangan shahrida sodir bo‘ldi.
Ichki ishlar vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, B.J. oilaviy janjal paytida mast holatida o‘z o‘g‘liga pichoq bilan zarba bergan.
Afsuski, olgan jarohatlari tufayli o‘g‘il kasalxonada vafot etdi.
Uchinchi hodisa.
Xabar qilinishicha, 14 avgust kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro M.M. oilaviy janjal paytida qizi Z.O.ning qorniga pichoq bilan urgan.
Natijada, Z.O. jarohatlar bilan kasalxonaga olib ketildi, onasi M.M. qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi
14:18 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi
18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
16:51 / 08.03.2025