Sport | 09:27 / 15.08.2018
2715
3 daqiqa o‘qiladi

Andijon shahri va Shahrixon tumanidagi sportga ixtisoslashgan maktab-internatlari ilk o‘quvchilarini qabul qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi “Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 410-sonli qaroriga asosan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufida faoliyat ko‘rsatib kelgan futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari negizida Andijon shahri hamda Shahrixon tumanlarida sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari tashkil etildi. 

2018-2019 o‘quv yili uchun Andijon va Shahrixon sportga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari 2017-2018 o‘quv yilida umumta'lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan umumta'lim maktablari o‘quvchilarini tanlov asosida quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘qishga qabul qiladi.  

Andijon shahar sportga ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Sport turlari:

1. Stol tennisi                  

2. Suzish                   

3. Chim ustida xokkey.

Manzil: Andijon shahri, Boburshox ko‘cha 2-uy (sobiq Andijon shahar futbol litseyi).

Murojaat uchun telefonlar:

+99891-603-13-23,+99890-211-08-07,+99890-253-54-95

Shahrixon tumani sportga ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Sport turlari:

1. Stol tennisi                  

2. Dyuzdo

3. Boks           

4. Voleybol.

Manzil: Shahrixon tumani, Shodlik ko‘cha 2-uy (sobiq Shahrixon tumani
33-futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati)

Murojaat uchun telefonlar:

342-10-93,  342-10-79, +99894-380-42-12,  +99893-780-68-33

Hujjatlar 2018 yil 20 avgust kuniga qadar maktab-internatlarida tashkil etilgan qabul komissiyalari tomonidan qabul qilinadi.  

Sportga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar bepul yotoqxona va 4 mahal issiq ovqat bilan ta'minlanadi.  Mashg‘ulotlar zamonaviy sport inshootlarida malakali murabbiylar tomonidan olib boriladi.

Элмурод Эрматов
Tayyorlagan Элмурод Эрматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid