O‘zbekiston | 13:52 / 15.08.2018
15339
2 daqiqa o‘qiladi

Bir hafta davomida onlayn auksionda 2,5 mlrd so‘mlik 776ta avtomobil raqami sotildi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 6 avgustdan 10 avgustgacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJ da 762,9 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi, deb xabar bermoqda "O‘zRTXB" matbuot xizmati.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolarining hajmi 541,5 mlrd so‘mdan 722,9 mlrd so‘mga ko‘tarildi. Sotuvlar bo‘yicha paxta tolasi birinchi o‘rinni 29,0% bilan egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda qurilish materiallari joylashgan bo‘lib, birja bozorining 23,7%ni egalladi. Keyingi o‘rinlardan 9,2% ulush bilan neft mahsulotlari, 7,9 % ulush bilan rangli metallar, gaz va polietilen joylashdi.

Valyuta savdo maydonchasi orqali 3,7 mln AQSh dollardan ziyod mahalliy mahsulotlar sotildi. Kelishuvlarning asosiy qismini polietilen tashkil etdi. Uning ulushi 74%ga teng. Keyingi o‘rinni sanoat moyi egalladi. Uning ulushi 26%ni tashkil qiladi.

O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 776ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 milliard so‘mdan oshdi.

Savdolar natijasida bitimlarning qariyb 23,5% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 54% ikkinchi va 22,5% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 18%ga teng. Keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyati avto havaskorlari 14% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Andijon viloyati avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi qariyb 12%ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 56%ga teng.

Mavzuga oid