Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qobuldagi ta'lim muassasasida xudkush uyushtirgan portlashda 40dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston poytaxti g‘arbida amalga oshirilgan portlash natijasida kamida 48 kishi qurbon bo‘ldi, 67 kishi jarohatlandi. Bu haqda shifokorlarga tayanib Reuters xabar berdi.
Xudkush terrorchi Dashti-Barchi tumanidagi ta'lim muassasasiga bostirib kirgan va portlash sodir etgan. Halok bo‘lganlarning deyarli barchasi talabalar. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa yuz bergan joyda yuzga yaqin kishi bo‘lgan.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ushbu hujumni qoraladi va tergov ishlari o‘tkazishga buyruq berdi.
"Tolibon" harakati mazkur teraktga aloqador emasligini bildirdi, deb xabar bermoqda Pajhwok agentligi.
Mavzuga oid

11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti

21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi

15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin

17:22 / 14.05.2025