«MAI» aviakompaniyasi ilgarigi tartibda ishlashda davom etmoqda
«Maxsus aviatsiya ishlari» aviakompaniyasi ilgarigidek tartibda ishlashda davom etmoqda, deb ma'lum qildi «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Kun.uz muxbiriga.
Ma'lum qilinishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev «MAI» infratuzilmasidagi «Sergeli» aerodromini hududi bilan Toshkent shahar hokimligiga berish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkan. Aviakompaniya bazasi o‘rnida «Sanoat parki» kichik sanoat zonasi barpo etiladi.
«MAI» aviakompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportiga ko‘chib o‘tadi. Aviakompaniyani yopish masalasi ko‘tarilmagan. Kompaniya ishlashda davom etadi», – deb ma'lum qilgan Milliy aviakompaniyadagilar Kun.uz muxbiriga.
«MAI» Milliy avikompaniya bo‘linmasi bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, transport, yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan An-2 samolyotlari hamda «Nukus», «Urganch», «Qarshi», «Buxoro», «Namangan» aeroportlari va «Sergeli» aerodromida Mi-8MTV-1 vertolyotlari parkiga ega. Kompaniya o‘tgan yili tashkil etilganligining 20 yilligini nishonladi.
Mavzuga oid
07:53 / 28.09.2024
Tilanchilik uchun 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak 10 sutkaga qamaldi
19:41 / 27.09.2024
Sergelida avtopoyga uyushtirib, piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 4 oyda ozodlikka chiqdi
01:19 / 07.09.2024
Germaniya aviareyslarni kechiktirish va bekor qilish soni bo‘yicha yetakchiga aylandi
18:23 / 06.09.2024