Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: O‘zbekistonlik futbolchilarga pul mukofotlari va'da qilindi
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchilari bilan kichik suhbat o‘tkazdi.
U Qatarga qarshi ikkinchi tur o‘yinidan avval terma jamoaning kiyim almashtirish xonasiga kirgan va futbolchilarni ilhomlantirgan.
«Kun.uz» muxbiri xabar berishicha, Ahmadjonov futbolchilardan bugungi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, guruh masalasini muddatdan avval hal qilishni so‘ragan.
«Agar turnirda g‘alaba qozonsak, homiylardan tashqari, Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi nomidan futbolchilarning har biriga 10 ming dollar miqdorida mukofot puli beriladi», degan u.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa birinchi turda Bangladeshni 3:0 hisobida taslim etgandi. Bugungi raqib Qatar esa birinchi turda Tailand bilan 1:1 hisobida durang qayd etgan. Agar bugun o‘zbekistonliklar g‘alabaga erishsa, muddatidan ilgari guruh masalasi hal qilinadi.
Mavzuga oid
18:48 / 12.02.2025
O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
20:49 / 02.12.2024
MOQ yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yilganiga izoh berdi
20:29 / 07.10.2023
Osiyo o‘yinlari kundaligi. Yana ikki oltin va yangilangan rekord
18:46 / 06.10.2023