Hindistonning Kerala shtatidagi musson yomg‘irlari oqibatida 320dan ortiq kishi qurbon bo‘ldi

Foto: AP Photo / R S Iyer
Hindistonning Kerala shtatida 8 avgustdan buyon davom etayotgan kuchli musson yomg‘irlari oqibatida kamida 324 kishi halok bo‘ldi, deb ma'lum qilindi shtat bosh vaziri Pinarayi Vijayananing devonxonasi xabarida.
"Kerala keyingi 100 yildagi eng dahshatli suv toshqiniga duch keldi. Saksonta damba ochib qo‘yildi, 324 kishi halok bo‘ldi, yana 223139 kishi 1500ta vaqtincha joylashtirish lagerlaridan panoh topgan", — deyiladi xabarda.
So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, mussonlar mavsumi boshlanganidan buyon mamlakatda suv toshqinlari, jala va ko‘chkilar oqibatida 890dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Yettita shtat tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rdi.
Uttar-Pradeshda 190, G‘arbiy Bengaliyada 183, Maxarashtrada 139, Asamida 45 va Nagalendda 11 kishi halok bo‘lgan.
Payshanba kuni Hindiston harbiy-dengiz kuchlarining janubiy qo‘mondonligi rejadagi barcha mashg‘ulotlar to‘xtatilganligi hamda shaxsiy tarkib va kemalar aholiga birinchi yordam ko‘rsatish uchun Keralaga safarbar qilinganligini ma'lum qildi. Bundan tashqari, mamlakat harbiy-havo kuchlarining samolyot va vertolyotlari, sohil qutqaruv xizmati ham qutqaruv ishlariga jalb etilgan.
Hindistonda yomg‘irlar mavsumi iyun oyi o‘rtalarida boshlanadi va sentabr oxirigacha davom etadi.
Mavzuga oid

22:59 / 07.04.2025
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi

20:44 / 01.04.2025
Hindiston Trampning «ikkilamchi bojlar» tahdididan so‘ng Rossiya neftiga muqobil izlashni boshladi

22:09 / 26.03.2025
Hindiston va Xitoy Trampning tahdidi sabab Venesueladan neft sotib olishni to‘xtatdi

20:08 / 25.03.2025