Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OPIC O‘zbekistondagi faoliyatini qaytadan boshladi
2018 yil 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyevning Xususiy xorijiy investitsiyalar korporatsiyasi (OPIC) vitse-prezidenti D. Boxigien boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.
Mehmonlar mamlakatda o‘z faoliyatini qayta boshlagan Xususiy xorijiy investitsiyalar korporatsiyasining, AQSh Hukumati huzuridagi agentlikning maqsadi O‘zbekiston bozoriga mablag‘lar kiritishda amerikalik tadbirkorlarga kreditlar va kafolatlar berish orqali ko‘maklashishdan iborat ekanligini ta'kidlab o‘tdilar.
Shuningdek, Korporatsiya xususiy va boshqariladigan investitsiya jamg‘armalarini tashkil etishni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Kapital bilan qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, OPIC rivojlanayotgan mamlakatlarga boshqaruv ko‘nikmalari va moliyaviy ekspertizadan foydalanishda ham yordam ko‘rsatadi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy taraqqiyotni kengaytirishda hamda tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim omil hisoblanadi.
Suhbat chog‘ida Korporatsiya vakillari mamlakatimizda birinchi navbatda siyosiy va iqtisodiy vaziyatning barqarorligi hamda investorlarning xavfsizligi mustahkam ta'minlanayotganligi tufayli O‘zbekiston bozoriga kapital kiritish istiqbolli ekanligini ta'kidladilar.
Bugungi kunda korporatsiya aktivlari 20 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi. OPIC jahonning 160 ta rivojlanayotgan mamlakatida faoliyat olib boradi va axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, ta'lim, infratuzilma, telekommunikatsiyalar, moliyaviy xizmatlar, uy-joy bozori va qishloq xo‘jaligi kabi turli sohalarda biznesni moliyalashtirishda ko‘mak beradi. Shuningdek, OPIC kichik biznesdan tortib to tashqi bozorda ipoteka kreditini berishgacha kreditlashning har xil turlariga subsidiyalar ajratish uchun xorijiy mamlakatlarning moliyaviy muassasalari bilan ham hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
10:20 / 04.10.2024
RFda davlat korporatsiyalari aktivlar narxi 50 foizini budjetga to‘lashi shart bo‘ladi
11:55 / 28.02.2023
Asr boshidan beri 480 ta korporatsiya kasod bo‘lgan: yirik kompaniyalar o‘z dolzarbligini qanday saqlab qoladi?
15:04 / 20.07.2022
Investitsiya dasturi doirasida Qoraqalpog‘istonga ajratilgan mablag‘ 1 trillion so‘mgacha oshirildi
09:29 / 20.04.2022