Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda ikkita GES quradi
O‘zbekiston va Tojikiston ikkita GESni birgalikda qurmoqchi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma'lum qildi.
O‘zbekiston rahbarining ta'kidlashicha, Zarafshon daryosining Tojikiston hududidagi qismida 320 megavattdan ortiq quvvatga ega bo‘lgan gidro elektr stansiyalar qurilishi rejalashtirilmoqda.
Bu obektlar ikki davlat kompaniyalari tomonidan qurilishi mumkin.
Tojikiston prezidenti O‘zbekiston prezidentiga bu borada xalqaro tashkilotlar auditidan o‘tgan tayyor loyihalar mavjudligi haqida ma'lumot bergan.
Prezidentning ta'kidlashicha, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hukumatlararo komissiya ushbu masalani ko‘rib chiqadi.
Emomali Rahmonning qayd etishicha, O‘zbekiston va Tojikiston ushbu stansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini o‘z iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ishlatadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Tojikistonning Sarez ko‘li ichimlik suvidan birgalikda foydalanishi mumkin.
«Men ko‘p minbarlarda, xalqaro davralarda, xususan BMTda ham ko‘p bor ta'kidlaganman: «Biz hech qachon qo‘shnilarimizni suvsiz qoldirmaymiz». Aksincha, bugungi muzokaralar davomida qo‘shnilarimizni ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida 17 km³ hajmdagi Sarez ko‘lining suvlaridan hamkorlikda foydalanish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdim», deya qo‘shni davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda «Kun.uz» manbasi.
Mavzuga oid
17:13 / 13.05.2025
Zarafshon daryosidan elektr toki yordamida baliq ovlagan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi
20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi
08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin
17:34 / 05.04.2025