Sport | 07:43 / 19.08.2018
16241
3 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlarida 19 avgust kuni o‘zbekistonlik sportchilar qaysi sport turlari bo‘yicha ishtirok etishadi

Foto: KUN.UZ

18 avgust kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida 18-Osiyo o‘yinlari boshlandi. Ushbu turnirga ilk marta ikkita shahar – Jakarta va Palembang mezbonlik qilmoqda.

Mazkur musobaqada O‘zbekistondan 331 nafar atlet sportning 30 turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. 

Bugun, 19 avgust kuni vakillarimiz quyidagi sport turlari bo‘yicha bahslarda ishtirok etishadi: 

Ushu. Boshlanish vaqti - 07:00.

D. Latisheva, A. Isroilov. 

Akademik eshkak eshish . Boshlanish vaqti - 07:00-10:00.

J. Mavlonov - Yakkalik M1x, 2000 m (saralash), S. To‘lqinxo‘jayev, A.Turdiyev - Juftlik M2, 2000 m (saralash), Sh. Abdujabborov, Sh. Xolmurzayev - Juftlik M2, 2000 m (saralash), I. Mambetnazarov, Sh. Najmiyev, Sh. Hakimov, Z. Usmonov - To‘rttalik LM4, 2000 m (saralash).

Suzish. Boshlanish vaqti - 07:00-12:00, 16:00-20:00.

A. Tarasenko, X. Tursunov 200 m erkin suzish (saralash, final), A. Kozlyuk 200 m batterflyay (saralash, final), Yu. Qo‘chqarova 200 m chalqancha suzish (saralash, final).

Tennis.  Boshlanish vaqti - 10:00.

Omonmurodova O/Fayziyev – Dissanayaki/Kirera (Shri-Lanka). Miks, 1-raund.

Erkin kurash . Boshlanish vaqti - 11:00-15:00, 17:00-19:00.

M. Shavkatov – M. Bilol (Pokiston), B. Abdurahmonov – M. Hasan (Iroq), M. Ibragimov – Ya. Chaoxiya (Xitoy), S. Hasanov – Bazirang (Hindiston), R. Kurbanov – A. Vail (Falastin).

Qilichbozlik. Shpaga yakka (saralash) (final). Boshlanish vaqti - 11:00-18:00 20:00-22:30.

F. Alimov F - J. Jinsun (J.Koreya), A. Muhammad (Qatar), B. Abbos (Pokiston), L. Mingao (Xitoy), M. Raslan (Malayziya), A. Abdulaziz (Quvayt).

O. Sokolov O – Sh. Putra (Indoneziya), Kohiji (Malayziya), B. Batu (Mo‘g‘uliston), S. Ali (Pokiston), D. Alksanin (Qozog‘iston), N. Den (Vetnam).

Futbol . O‘zbekiston – Tailand. Guruh bosqichi, 3-tur. Boshlanish vaqti - 17:00-19.00.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid